O‘zbekistonda davlat xizmatlari markazlarida aholiga ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatini yaxshilash va qulayliklar yaratish maqsadida navbat kutmasdan xizmat ko‘rsatish tizimi joriy etilmoqda. Bu esa ayrim fuqarolar uchun muhim imtiyoz sifatida amalga oshiriladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Prezident qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-noyabrdan boshlab pensiyaga chiqqanlar, homilador ayollar hamda uch yoshgacha farzandi bo‘lgan ota-onalar davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilganda navbat kutmasdan bevosita xizmat olish huquqiga ega bo‘ladilar.
Bu tartib nafaqat fuqarolarning vaqti va quvvati tejashga yordam beradi, balki davlat xizmatlari tizimidagi byurokratik to‘siqlarni sezilarli darajada kamaytiradi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar, xususan, yosh ota-onalar va yosh bolali oilalar qo‘llab-quvvatlanadi, ular uchun kundalik hayotdagi muammolar osonlashtiriladi.
Navbatsiz xizmat tizimi joriy etilishi bilan aholi davlat idoralariga murojaat qilishda ko‘proq qulaylik va samaradorlikka erishadi. Bu esa davlat va fuqaro o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlaydi hamda xizmatlar sifatini yanada yuqori bosqichga olib chiqadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!