date

O‘zbekiston merganlari Koreyada o‘tgan nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi

O‘zbekiston merganlari Koreyada o‘tgan nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi

8–15-sentyabr kunlari Koreya armiyasi Maxsus operatsiya kuchlari qo‘mondonligi tashabbusi bilan o‘tkazilgan «II Xalqaro merganlar musobaqasi» juda katta qiziqish bilan o‘tdi. Unda dunyoning turli hududlaridan kelgan 10 ta davlat vakillari ishtirok etdi. Umumiy hisobda 54 ta jamoa bahs olib bordi va har bir ishtirokchi o‘z mahorat va tayyorgarlik darajasini namoyish etdi.

O‘zbekiston sharafini himoya qilgan harbiy xizmatchilarimiz nufuzli musobaqada yuqori natija qayd etishdi. Ular AQSH, Germaniya, Ruminiya, BAA, Qatar, Vetnam, Tailand va Mo‘g‘uliston kabi davlatlardan kelgan raqiblar orasida o‘z mahoratlarini ko‘rsatib, munosib tarzda birinchi o‘rinni qo‘lga kiritishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi 539,5 ball to‘plab, barcha raqiblarini orqada qoldirdi. Ikkinchi o‘rinni 534,7 ball bilan Vetnam terma jamoasi egalladi. AQSH jamoasi esa 519,0 ball bilan uchinchi pog‘onadan joy oldi.

I o‘rin: O‘zbekiston - 539.5 ball;

II o‘rin: Vetnam - 534.7 ball;

III o‘rin: AQSH - 519.0 ball.

Aytish joizki, bu shonli yutuq bizning harbiy xizmatchilarimizning mashaqqatli mehnati va yuksak tayyorgarligining yorqin ifodasi bo‘ldi. Qiziq tomoni, 2024-yilda o‘tkazilgan ushbu musobaqada ham yurtdoshlarimiz kuchli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Shunday qilib, ortiqcha gapga hojat yo‘q: O‘zbekiston merganlari jahonning eng kuchli jamoalari orasida munosib o‘rin egallab, mamlakat bayrog‘ini yana bir bor baland ko‘tarishga muvaffaq bo‘ldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston merganlari Koreyada o‘tgan nufuzli musobaqada g‘olib bo‘ldi