18:33 / 21.12.2016
7 831

Ayrim hududlarda -23 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

Ayrim hududlarda -23 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda

22 dekabrdan boshlab O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lib kuchli sovuq tushishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 23-25 dekabr kunlari shamol kuchayib, uning tezligi sekndiga 15-20 metrni tashkil qiladi. Havo harorati —12…-17 darajagacha pasayyadi. Ustyurt yassi tog‘ligida tungi havo harorati —23 darajani, kunduzgi esa —7…-12 darajani tashkil qilishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida qor va yomg‘ir yog‘ib, ayrim hududlarlda tuman bo‘lishi kutiladi. 22-23 dekabr kunlari havo harorati 0…-5 darajani tashkil qiladi. 24-25 dekabr tunda havo harorati —7…-12 darjani, kunduzi esa —2…-7 daraja sovuqni tashkil qiladi.

Toshkent, Jizzax, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida havo unchalik sovuq bo‘lmaydi. Shamol tezligi 7-12 m/s ni tashkil qiladi. Havo harorati tunda tundan 0…-5 darajani, ayrim hududlarda —7 darajagacha sovuq bo‘lishi mumkin. Kunduzi esa, harorat +4…+9 darajagacha isishi ktuilmoqda.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 22-23 dekabr tunda havo harorati 0…-2 daraja, 24-25 dekabrda esa —4…-9 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Kunduzi havo harorati +2…+7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarda tuman tushishi va shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. 22-23 dekabr kunlari havo harorati tunda 0…-3 daraja sovuq, kunduzi esa 0…+5 daraja issiq bo‘lishi mumkin. 24-25 dekabr tunda havo harorati —7…-12 daraja sovuq, kunduzi esa 0…+5 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi paydo bo‘ladi. 23-25 dekabr tunda havo harorati —18 darajagacha sovuq bo‘lishi, kunduzi esa —10 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ayrim hududlarda -23 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda