date

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta oxiridagi ob-havo yurtimiz aholisi uchun qiziq mavzulardan biriga aylandi. Chunki har bir kishi o‘z dam olishini rejalashtirishda tabiatning kayfiyatiga qarab qaror qabul qiladi. “O‘zgidromet”ning ma’lumotlariga ko‘ra, bu safargi dam olish kunlari ayrim hududlarda yomg‘ir va kuchli shamol kuzatilishi mumkin. Bu esa ayrimlar uchun syurpriz, ayrimlar uchun esa jiddiy tayyorgarlikni talab qiladi.

Hafta davomida mamlakat bo‘ylab havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. 19–21-sentyabr kunlari asosiy hududlarda osmon biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzgi harorat +25...+28 daraja atrofida bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, janubiy viloyatlarda termometr ko‘rsatkichi +30 darajagacha chiqishi mumkin.

Shanba kuni cho‘l hududlari va yurtimizning janubiy qismida havo yanada isib, kunduzi +32...+34 darajagacha yetishi bashorat qilinmoqda. Yakshanba kuni esa markaziy hududlarda ham shunga yaqin harorat qayd etilishi mumkin.

Shu bilan birga, 20–21-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston va Xorazmning ayrim tumanlarida qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi ehtimoldan xoli emas. Bu hududlarda kunduzgi harorat nisbatan barqaror bo‘lib, +23...+28 daraja atrofida saqlanishi kutilmoqda.

Shimoliy va cho‘l hududlarida shamol kuchayadi. Ayrim joylarda uning tezligi sekundiga 13–18 metrgacha yetishi, chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin. Bu esa yo‘llarda harakatlanayotgan haydovchilar uchun ham qo‘shimcha ehtiyot choralarini talab etadi.

Poytaxt Toshkentda esa nisbatan barqaror va qulay ob-havo kutilmoqda. Osmon biroz bulutli bo‘lib, yomg‘ir ehtimoli yo‘q. Shamol sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda esadi. Bugun poytaxtda havo +26 daraja bo‘lishi kutilayotgan bo‘lsa, ertaga u +28...+30 darajaga chiqadi. Yakshanba kuni esa +32...+34 darajali iliq havo kuzatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Dam olish kunlari O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?