date

Ukrainada qullikda saqlangan 13 o‘zbekistonlik ozod etildi

Ukrainada qullikda saqlangan 13 o‘zbekistonlik ozod etildi

Kiyev viloyatida odamlarni noqonuniy ekspluatatsiya qilish bilan shug‘ullangan guruh fosh etildi. Ukraina prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar orasida Xitoyning ikki fuqarosi, bir o‘zbekistonlik va bir ukrainalik ayol bor. Ular qo‘lga olingan va hozirda ehtiyot chorasi masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, gumonlanuvchilar uy-joysiz va og‘ir moddiy ahvolda qolgan shaxslarni aldash hamda majburlash yo‘li bilan qullikka jalb qilgan.

Ma’lumotda aytilishicha, odamlar qattiq nazoratda saqlangan, ishlashga majbur qilingan va harakat erkinligi cheklangan. Ularga nisbatan haddan tashqari kamsitish holatlari kuzatilgan: hatto hojatxonaga chiqish ham belgilangan vaqtda ruxsat etilgan, mayda qoidabuzarlik uchun esa jarima solingan.

Huquq-tartibot idoralari jinoyatchilar yashagan joy va xo‘jalik obyektlarini aniqladi. U yerda g‘ayriinsoniy sharoitda saqlangan 13 nafar O‘zbekiston fuqarosi topildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ukrainada qullikda saqlangan 13 o‘zbekistonlik ozod etildi