Farg‘ona viloyati hududida noqonuniy dori vositalari kontrabandasiga chek qo‘yildi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbirlar davomida “O‘zbek-qirg‘iz” davlat chegarasining Quvasoy shahri Polmon mahallasi qismida katta miqdorda kuchli ta’sir etuvchi dori vositalari tashlab ketilgani ma’lum bo‘ldi.
Tekshiruv jarayonida Qirg‘izistondan noqonuniy yo‘l bilan olib kirilgan 7 ta qutidan 53 522 dona “Regapen” va 20 000 dona “Zardeks” dorilari topildi. Ularning umumiy qiymati 6 milliard 19 million 980 ming so‘mni tashkil etadi.
Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar dorilarning egalari va bu ishlarga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!