13:10 / 24.12.2016
6 907

Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigiga aylandi

Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigiga aylandi

O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi ikki tomonlama tovar aylanmasi hajmi 2016 yilning 9 oyi yakuniga ko‘ra 1,54 milliard dollarni tashkil qildi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Qozog‘istondan O‘zbekistonga asosan bug‘doy va meslin (bug‘doy hamda javdar aralashmasi), bug‘doy va bug‘doy-javdar uni, temir va po‘lat mahsulotlari, ruda va rux konsentratlari, qayta ishlanmagan alyuminiy mahsulotlari eksport qilinmoqda.

"O‘zbekistonga etkazib berilayotgan qozog‘iston mahsulotlari orasida bug‘doy uni va bug‘doy doni etakchilikni ushlab turibdi. Qozog‘iston O‘zbekistonga ushbu mahsulotlarni etkazib beruvchilar orasida etakchi pozisiyada qolmoqda – 525 ming tonna un va taxminan 1,4 million bug‘doy hamda meslin (bug‘doy va javdar aralashmasi).

O‘zbekistondan esa asosan tabiiy gaz, uzum, o‘rik, olcha va gilos, shaftoli, quruq mevalar, yangi va muzlatilgan tomatlar import qilinmoqda", - deya ta’kidlab o‘tdi diplomat.

Qozog‘istonning O‘zbekiston tovar aylanmasidagi hajmi 8,7 foizga etib, bu unga Xitoy (17,7 foiz) va Rossiya (17,2 foiz)dan so‘ng uchinchi o‘rinni egallash imkonini berdi.

Biroq, elchining fikriga ko‘ra, ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish uchun imkoniyatlar etarlicha. "Nursulton Nazarboyev va Shavkat Mirziyoyevning sentyabr oyidagi uchrashuvi davomida har yillik tovar aylanmasini 5 milliardga etkazish haqida qaror qabul qilingan. Bu vazifa har ikki davlat bosh vazir o‘rinbosarlari A.Mamin va R.Azimov tomonidan 22 sentyabr kuni imzolangan va o‘zaro savdo uchun muhim bo‘lgan - "Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari" hujjatiga asos qilib olingan", - deya ta’kidlab o‘tdi Utembaev.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Qozog‘iston O‘zbekistonning uchinchi yirik savdo sherigiga aylandi