date

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni oxirgi 10 yilda keskin o‘sdi

O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni oxirgi 10 yilda keskin o‘sdi

O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim tizimida xizmat qilayotgan pedagoglar soni yil sayin ortib bormoqda. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-2025 o‘quv yili boshida o‘qituvchilarning umumiy soni 564,9 ming nafarga yetgan. Bu ko‘rsatkich o‘rindoshlarsiz hisoblangan

Solishtirish uchun, 2015-2016 o‘quv yili boshida pedagoglar soni 385 ming nafarni tashkil etgan edi. Demak, so‘nggi 9 yilda o‘qituvchilar soni 170,9 ming nafarga ko‘paygan, bu esa 43,4 foizlik o‘sishni anglatadi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda ta’lim muassasalarida ishlayotgan o‘qituvchilarning 71 foizi — 401,3 ming nafari ayollardan iborat. Erkak pedagoglar esa umumiy sonining 29 foizini (163,6 ming nafar) tashkil etmoqda.

Oxirgi o‘n yildagi raqamlardan ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilar soni barqaror o‘sib kelmoqda:

2015-2016 — 385 ming nafar;

2016-2017 — 390,6 ming nafar;

2017-2018 — 409,4 ming nafar;

2018-2019 — 444,2 ming nafar;

2019-2020 — 486,6 ming nafar;

2020-2021 — 508 ming nafar;

2021-2022 — 510 ming nafar;

2022-2023 — 521,6 ming nafar;

2023-2024 — 547,8 ming nafar;

2024-2025 — 564,9 ming nafar.

Bu raqamlardan ko‘rinib turibdiki, so‘nggi yillarda ta’lim sohasi yanada kengaymoqda va pedagoglarga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda.

O‘qituvchilar sonining o‘sishi ta’lim sifatini oshirish hamda yosh avlodga bilim berish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa mamlakatning kelajak taraqqiyoti uchun muhim omil hisoblanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda o‘qituvchilar soni oxirgi 10 yilda keskin o‘sdi