6-oktyabr holatiga ko‘ra, Toshkentda havo ifloslanish darajasi me’yordan 15 baravar yuqori bo‘lgan. Bu haqda IQAir portali xabar bermoqda.
Soat 09:00 da poytaxtdagi monitoring stansiya 380 AQI ko‘rsatkichini qayd etdi. Havodagi PM2.5-mayda zarralarning konsentratsiyasi JSST tavsiya etgan yillik me’yordan 15,4 baravar ortiqligi aniqlandi.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotiga ko‘ra, havodagi PM2.5-mayda dispers zarralar miqdori 78,9 mkg/m³ ni tashkil etdi, bu ruxsat etilgan me’yor — 35 mkg/m³ dan 2,2 baravar yuqori ekani qayd qilingan.
Mutaxassislar bunday sharoitda sog‘liqni muhofaza qilish uchun bir qator eng muhim tavsiyalarni berishmoqda. Jumladan: ochiq havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanmaslik, xona va ofis derazalarini yopiq holda saqlash, imkon qadar tashqariga kam chiqish, ko‘chaga chiqqanda niqob taqish va uyda havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Shu tariqa, poytaxt aholisi ham xavfsizlik va sog‘liqni saqlash maqsadida ushbu choralarga qat’iy amal qilishi lozimligi ta’kidlanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!