date

O‘zbekiston ko‘p mahsulotni qaysi davlatlardan olyapti?

O‘zbekiston ko‘p mahsulotni qaysi davlatlardan olyapti?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar–avgust oylarida O‘zbekistonning umumiy import hajmi 28,5 milliard AQSH dollariga yetdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 11,8 foizga ko‘p.

Hisobot davrida mamlakat 170 dan ortiq davlatlardan tovar va xizmatlar import qilgan. Import hajmi bo‘yicha Xitoy birinchi o‘rinni egallab, O‘zbekistonga 8,5 milliard dollarlik mahsulot yetkazib bergan.

Rossiya 5,4 milliard dollar bilan ikkinchi, Qozog‘iston esa 2,1 milliard dollar bilan uchinchi o‘rinda. Shuningdek, Turkiya (1,2 mlrd), Koreya (1,1 mlrd), Germaniya (774 mln), Hindiston (734,3 mln), Turkmaniston (581,6 mln), Belarus (478,5 mln) va AQSH (416,3 mln) ham asosiy sheriklar bo‘ldi.

Qolgan davlatlar bilan amalga oshirilgan importning umumiy qiymati 7,2 milliard dollarni tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy Osiyo mamlakatlari so‘nggi yillarda Fors ko‘rfazi davlatlaridan import hajmini sezilarli darajada oshirgan. 2024-yilda mintaqa va Fors ko‘rfazi mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmi 3,3 milliard dollarga yetgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston ko‘p mahsulotni qaysi davlatlardan olyapti?