O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq yetkazib beradi

O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq yetkazib beradi
O‘zbekiston Belarusga er yong‘oq etkazib beradi

Belarusning «Startfrukt» kompaniyasi delegasiyasi O‘zbekistonda mintaqalarida bo‘lib, mamlakatda yetkazilayotgan er yong‘oq sifatiga baho berdi va yetkazib beruvchilar bilan tanishdi. Bu haqda, «UzDaily» xabariga asoslanib «Daryo» ma’lum qildi.

Tashrif Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan edi.

Delegatsiya Surxondaryo, Qashqadaryo va Namangan viloyatlaridagi fermer xo‘jaliklari bilan tanishib chiqdi hamda O‘zbekistondan ko‘p miqdorda er yong‘oq yetkazib berilishi bo‘yicha uzoq istiqbolli hamkorlikka tayyorligini bildirdi.

«O‘zagroeksport» bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra «Startfrukt» O‘zbekistondan Belarusga er yong‘oq yetkazib berish bo‘yicha ikki tomonlama eksport shartnomasini imzoladi.

Tovar yetkazilishi 2017 yildan boshlanadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar