date

Sun’iy intellekt vazirliklarni “tozalash”ni boshladi

Sun’iy intellekt vazirliklarni “tozalash”ni boshladi

O‘zbekistonda oktyabr oyi yakunigacha 2141 nafar davlat xizmatchisi qisqartirilishi rejalashtirilmoqda. Bu ish o‘rnini sun’iy intellekt tizimlari egallaydi, deb xabar berdi “Dunyo” nashri Ukrainadagi “Korrespondent” va “TSN” manbalariga tayanib.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qaror davlat boshqaruvini yangilash va samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar doirasida qabul qilingan. Islohotlar zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanish, bozor mexanizmlarini joriy etish hamda ayrim davlat vazifalarini xususiy sektorga o‘tkazishni o‘z ichiga oladi.

Manba ta’kidlashicha, o‘zgarishlarning asosiy maqsadi – ijro hokimiyati organlari faoliyatini yanada samarali qilish va ma’muriy xarajatlarni qisqartirishdan iborat.

Qisqartirishlar asosan Davlat soliq qo‘mitasi, Suv xo‘jaligi, Qishloq xo‘jaligi hamda Adliya vazirliklarida amalga oshiriladi. Shu bilan birga, boshqa idoralarda ham ayrim lavozimlar bekor qilinishi kutilmoqda.

Hujjatda qayd etilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi ishdan bo‘shatilgan xodimlarni ishga joylashtirish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatishlari shart qilib belgilangan.

Bu o‘zgarishlar davlat tizimini raqamlashtirish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Sun’iy intellekt vazirliklarni “tozalash”ni boshladi