date

Chet elda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Chet elda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar–avgust oylari davomida 20,7 ming nafar O‘zbekiston fuqarosi o‘qish maqsadida xorijiy davlatlarga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich 2024 yilning shu davriga nisbatan 5,1 ming nafarga kam bo‘lib, pasayish 24,6 foizni tashkil etdi.

O‘zbekistonlik talabalar o‘qish uchun eng ko‘p borgan davlatlar quyidagicha tartibda qayd etilgan:

  • Tojikiston — 5 270 nafar,
  • Rossiya — 4 649 nafar,
  • Qirg‘iziston — 3 064 nafar,
  • Koreya Respublikasi — 2 309 nafar,
  • Turkiya — 1 538 nafar,
  • Qozog‘iston — 874 nafar,
  • Xitoy — 797 nafar,
  • Buyuk Britaniya — 567 nafar,
  • Germaniya — 285 nafar,
  • AQSH — 256 nafar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi yillarda xorijda ta’lim olishni istovchi yoshlar soni ancha barqarorlashgan bo‘lib, ayniqsa qo‘shni davlatlar va Osiyo mamlakatlari eng ommabop yo‘nalish bo‘lib qolmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Chet elda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar soni ma’lum qilindi