date

Prezident va matbuot kotibi rasmiy tarzda lotin alifbosiga o‘tdi

Prezident va matbuot kotibi rasmiy tarzda lotin alifbosiga o‘tdi

21 oktyabr — o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 36 yilligi munosabati bilan prezident matbuot xizmati va uning kotibi sahifalari to‘liq lotin alifbosiga o‘tkazildi.

Dastlab, prezident matbuot kotibi o‘z sahifasida davlat rahbarining Toshkentdagi IT-Parkka tashrifi haqidagi xabarni lotin yozuvida joylashtirdi. Ortidan Shavkat Mirziyoyevning rasmiy sahifalarida ham shu uslubdagi ma’lumotlar e’lon qilina boshladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu vaqtgacha prezident matbuot xizmati har ikki alifbodan — kirill va lotindan — foydalanib kelgan. Biroq, ayrim platformalarda kirill alifbosi ustunlik qilardi. Masalan, prezidentning Telegram'dagi sahifasi aynan kirill yozuvida yuritilar edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq prezident matbuot xizmati rasmiy ramz — venzeldan foydalanishni yo‘lga qo‘ygandi. Endi esa xabarlarga ilova qilinayotgan grafiklarda sakkiz qirrali yulduz va davlat bayrog‘i fonidagi Humo qushi tasviri doimiy elementga aylangan.

Bu qadam rasmiy axborot manbalarida yagona va zamonaviy uslubni shakllantirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Prezident va matbuot kotibi rasmiy tarzda lotin alifbosiga o‘tdi