7 771
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi etib Sa’dulla Hakimov saylandi
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining navbatdan tashqari konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda «O‘zA»ga asoslanib «Daryo» nashri xabar bermoqda.
O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi O‘. Mirzayorov, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori M. Hazratqulov, «Xalq so‘zi» — «Narodnoe slovo» gazetalari bosh muharririning o‘rinbosari S. Doniyorov, «Erkin Qaraqalpaqstan» — «Vesti Karakalpakstana» gazetalari bosh muharriri K. Reymov, «Uchitel Uzbekistana» gazetasi muxbiri A. Terexina, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi Farg‘ona viloyati bo‘limi raisi M. Obidov va boshqalar ishtirok etdi.
Shavkat Mirziyoyev ommaviy axborot vositalari oldiga qo‘yayotgan vazifalar, o‘zbek jurnalistikasini yangicha mezon, zamonaviy tamoyillar asosida rivojlantirish mamlakat taraqqiyoti va xalq farovonligini yanada yuksaltirishga, jamiyatdagi muammo va illatlarni butkul kamaytirishga xizmat qiladi. Davlat rahbari 2016 yil 28 dekabrda imzolagan «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni bilan bu borada ishlashning sifat jihatdan yangi tizimi joriy etilmoqda. Xususan, murojaatlar bilan ishlash natijalarining OAVda tizimli yoritib borilishini tashkil etish jurnalistlardan yanada faol, jonkuyar va fidoyi bo‘lishni taqozo etadi.
Jurnalistlar ijodiy uyushmasi faoliyatini kuchaytirish, soha xodimlarining kasb mahoratini oshirish, ijodkorlar mehnatini munosib rag‘batlantirish borasida muayyan ishlar bajarildi. Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining subsidiyalari jalb qilinmoqda, hududiy nashrlar xodimlarining o‘quvlari tashkil etilmoqda, uyushma qoshida «Yosh jurnalistlar klubi» faoliyat yuritmoqda. «Oltin qalam» milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov, «Yilning eng faol jurnalisti», «Eng ulug‘, eng aziz» respublika tanlovlari nufuzi yil sayin oshib bormoqda. Faxriy jurnalistlar moddiy rag‘batlantirilmoqda, dam olish uylari va sanatoriylarida salomatliklarini tiklashi uchun ularga bepul yo‘llanmalar ajratilmoqda.
Konferensiyada bugun sohada qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar bilan birga istiqbolda amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlar ham talay ekani ta’kidlandi. OAVni tom ma’noda xalq minbariga aylantirish, soha xodimlarining faoliyatiga zamonaviy jurnalistikaning yangi uslub va usullarini joriy etish, hududiy OAVda ishlayotgan xodimlarning milliy media makondagi faolligini oshirish, jurnalistlarning xalqaro miqyosda o‘zaro fikr va tajriba almashish imkoniyatlarini tobora kengaytirish, uyushma qoshidagi ijodiy kengashlar faoliyatini yanada jonlantirish davr talabidir.
Tadbirda uyushma Ustaviga ayrim o‘zgartirishlar kiritish masalasi ham muhokama qilindi.
Konferensiyada tashkiliy masala ko‘rildi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Sa’dulla Hakimov O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi boshqaruvi raisi etib saylandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”