14:56 / 04.01.2017
6 858

Toshkentning alohida hududlarida sovuq suv o‘chiriladi

Toshkentning alohida hududlarida sovuq suv o‘chiriladi

4 yanvar kuni soat 20:00dan 5 yanvar kuni soat 22:00gacha Toshkent shahrining bir qator tumanlarida sovuq suv o‘chirilishi hamda suv quvurlari tarmoqlarida bosimning pasaytirilishi rejalashtirilgan. «Suvsoz» DUK tomonidan ma’lum qilinishicha, bu bahor-yoz mavsumiga tayyorgarlik va ta’mirlash-profilaktika ishlarining boshlanishi bilan bog‘liq.

Suv o‘chiriladigan hududlarga avtovodovozlar yuboriladi. Ma’lumot olish uchun telefon raqamlari berilgan: 256-10-95, 252-55-78, 252-60-08.

Ishlar quyidagi tartibda o‘tkaziladi:

Olmazor tumani:

1. B-1, Chustiy mahallasi, №218 maktab, Registon restorani, MXX shifoxonasi;

2. B-3, A. Navoiy mahallasi, №46 maktab, №569 bog‘cha, Tinchlik restorani;

3. Beruniy mahallasi maydoni, Fazo restorani;

4. S-17,18: Sebzor, Yangi Sebzor, Taxtapul mahallalari, №22, 310 maktablari, №269, 28, 551, 233, 190 bog‘chalari, Engil sanoat kasb-hunar kolleji, 9,15-oilaviy poliklinikalar, Sharshara, Ipak yo‘li, Oftob restoranlari;

5. Xonchorbog‘ mahallasi, №119 maktabi;

6. Aloqa, Niyozov, Forobiy, Chimboy-2, Qorasaroy, Guzarboshi, Qo‘shtut, Allon, Eski Shahar, Qumloq, Kofiz Ko‘hakiy, Ismoil Shoshiy, Istiqlol mahallalari;

7. Abdulla Qodiriy va G‘afur G‘ulom ko‘chalaridan Chig‘atoy darvozagacha;

8. O‘zbekiston Milliy bank;

9. Beruniy ko‘chasidagi un zavodi;

10. Forobiy va Mirzo G‘olib ko‘chalari;

11. Talabalar shaharchasi

Shayxontohur tumani:

1. S- 26, 27, 28, Gulobod, Bog‘ko‘cha, Sarxumdon mahallalari, № 41, 102, 247 maktablari, № 445, 343, 140, 27, 321, 243 bolalar bog‘chalari, 24, 35- oilaviy poliklinikalari, 242-ATS, Versal restorani;

2. Qoratosh massivi, Qoratosh mahallasi, Chaqar mahallasi, 324-maktab, №226 va 607 bog‘chalari, Chorsu massivi, Chorsu mahallasi, № 82 maktab, № 497 bog‘chasi, Beshyogoch massivi, Yangi Komolon mahallasi, №84 maktabi, № 491 va 567 bog‘chalari;

3. Huvaydo, Gulbozor, Suzuk-ota, Islomobod, Oqlon, Shofayz, Yangishahar, Obinazir, Koxota, O‘zbekiston va Taxtapul mahallalari;

4. Sirk, Chorsu bozori, JAR sport kompleksi;

5. 1-raqamli bolalar yuqumli kasalliklar shifoxonasi;

6. Navoiy va Samarqand Darvoza ko‘chalaridan Furqat ko‘chasigacha;

7. Samarqand Darvoza va Navoiy ko‘chalaridan Termiz ko‘chasigacha;

8. 1-shahar klinik shifoxonasi va tug‘ruqxona;

9. Abror Hidoyatov nomidagi teatr;

10. Milliy Akademik Drama teatri.

Yunusobod tumani:

1. Jomiy mahallasi, Naqshbandiy, Mukaramma Turg‘unboyeva, Mirtemir, Taxtapul, Bog‘cha, Bog‘iroavon, Gulg‘uncha ko‘chalari, Avaz O‘tar tor ko‘chasi;

Uchtepa tumani:

Shayxzoda, Farhod ko‘chalari;

Chilonzor tumani:

Lutfiy va Farhod ko‘chalaridan Xirmontepa ko‘chasigacha, Xirmontepa va Farhod ko‘chasidan Shirin va Qurilish ko‘chalariga qadar;

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentning alohida hududlarida sovuq suv o‘chiriladi