
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining birinchi kunlarida mamlakat bo‘ylab havo salqinlashib, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimol qilinmoqda.
1 noyabr kuni kechasi va ertalab Toshkent, Sirdaryo hamda Jizzax viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2 noyabrdan esa butun respublika bo‘ylab quruq va salqin ob-havo saqlanib turadi.
Shamol asosan sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim hududlarda uning kuchi 13–18 m/s gacha yetsa, chang-to‘zonlar ham kuzatilishi ehtimoldan xoli emas.
Toshkent shahrida osmon o‘zgaruvchan bo‘lib, 1 noyabr kuni kechasi biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 2 noyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kunduzi 18–20 daraja iliq, kechasi esa 8–10 daraja atrofida salqin bo‘ladi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, noyabrning ilk dam olish kunlarida mamlakat bo‘ylab havo sovib, harorat o‘rtacha 15–20 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Bu holat kuz faslining oxirgi bosqichiga xos tabiiy jarayon sifatida baholanmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! 
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 