
O‘zbekistonda giyohvandlikka qarshi kurashda yangi va qat’iy choralar joriy etilmoqda, deb xabar berdi rasmiy manbalar.
Yangi qonunga ko‘ra, og‘ir turdagi narkojinoyatlar — jumladan, narkouyushma tashkil etish, transchegaraviy yoki onlayn tarqatish, noqonuniy narkolaboratoriya faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda mansab vakolatini suiiste’mol qilib narkotik moddalarni muomalaga kiritish uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Shuningdek, jamoat joylarida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilgan shaxslarga 15 sutkagacha ma’muriy qamoq chorasi qo‘llanishi mumkin.
Voyaga yetmaganlar va yoshlar ishtirokida sodir etilgan har qanday narkojinoyat og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholanadi. Ta’lim muassasalari, talabalar yotoqxonalari yoki bolalar oromgohlari hududida narkotik tarqatish holatlariga nisbatan ham javobgarlik kuchaytiriladi.
Yangi chora-tadbirlar mamlakatda narkojinoyatlarni kamaytirish, yoshlarni himoya qilish va jamoat xavfsizligini mustahkamlashni maqsad qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!