date

Toshkent bozorlarida tijoriy suratga olish qoidalari keskin o‘zgardi

Toshkent bozorlarida tijoriy suratga olish qoidalari keskin o‘zgardi

Toshkent shahri hokimining yangi qaroriga muvofiq, poytaxtdagi yirik bozorlar va savdo majmualarida ko‘rsatiladigan bir qator xizmatlar tarifi qayta ko‘rib chiqildi. Yangi tartib nafaqat avtoturargohlar, balki tijoriy maqsadlarda video va foto olish xizmatlariga ham to‘g‘ridan to‘g‘ri taalluqli bo‘ldi.

Hujjatga ko‘ra, bozorlar atrofidagi avtoturargohlarda yengil avtomobillar uchun to‘lov haftaning kuniga qarab turlicha belgilandi. Shanba va yakshanba kunlari tariflar oshirilib, 3 soatgacha turish 25 ming so‘m, 4 soatdan ortiq vaqt uchun esa 50 ming so‘m undiriladi. Ish kunlarida bu narxlar ancha past saqlanadi. Mutasaddilarga ko‘ra, bunday yondashuv harakat xotirjamligini ta’minlash va avtoturargohlardagi ortiqcha yukni kamaytirishga qaratilgan.

Shu bilan birga, yangi qarorda bozorlar hududida tijoriy maqsadlarda video yoki tasvirga olish uchun alohida to‘lov joriy etildi. Bunda videorolik, reklama materiali, klip yoki har qanday tijoriy yo‘nalishdagi kontent tayyorlashning har bir soati uchun 5 million so‘m to‘lash belgilandi. Bu talab asosan blogerlar, prodakshn studiyalari va reklama kompaniyalariga qaratilgan.

Eng muhimi — ommaviy axborot vositalari hamda xorijlik sayyohlar uchun bu cheklovlar amal qilmaydi. Ulardan na ruxsat, na to‘lov talab etilmaydi. Bayonnomaga ko‘ra, jurnalistik suratga olish yoki turistik maqsaddagi videolar uchun hech qanday to‘siq yo‘q.

Yangi tartib poytaxt bozorlari infratuzilmasini yaxshilash, tartib-intizomni oshirish va tijoriy kontent bilan shug‘ullanuvchi subyektlar faoliyatini shaffoflashtirishga qaratilgani qayd etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkent bozorlarida tijoriy suratga olish qoidalari keskin o‘zgardi