
O‘zbekiston Prezident ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishni maqsad qildi. Prezident ta’kidlaganidek, bundan buyon daromad topish imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslar kambag‘allar reyestrida hisobga olinmaydi; ularni qo‘llab-quvvatlash to‘liq davlat zimmasiga olindi.
Yangi yildan “Teng imkon – inklyuziv bandlik” loyihasi joriy etilib, nogironligi bo‘lgan 40 ming kishini ish bilan ta’minlash maqsad qilindi. Bandlik jamg‘armasi orqali ularga 30 million so‘mgacha foizsiz mablag‘ ajratish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, kambag‘allikka qayta tushish xavfi mavjud oilalar ijtimoiy yordam va imtiyozlarni saqlab qoladi. Ular 6 oy davomida moddiy yordam va bolalar nafaqasi oladi, bog‘cha va to‘garak xarajatlari qoplanadi, davolanish orderlari hamda boshqa 110 ta ijtimoiy xizmat va yordamdan 12 oy davomida qo‘shimcha foydalanish imkoniga ega bo‘ladi.
Og‘ir hayotiy vaziyat sababli kambag‘allikka tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni oldindan aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish choralari ham belgilandi. Ushbu vazifalarning ijrosi ustidan nazoratni Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva amalga oshiradi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.