date

Toshkentda havo sifati uchun kun-u-tun ishlaydigan laboratoriyalar joriy etildi

Toshkentda havo sifati uchun kun-u-tun ishlaydigan laboratoriyalar joriy etildi

Toshkent shahrida atmosfera havosining holatini yanada aniqroq kuzatish va ifloslanish manbalarini vaqtida aniqlash maqsadida barcha tumanlarda maxsus mobil ekologik laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mitaga ko‘ra, poytaxtning har bir tumanida 24 soat davomida kuchaytirilgan tartibda monitoring olib boriladi. Mazkur laboratoriyalar Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashgan analitik nazorat markazi tomonidan to‘liq jihozlangan bo‘lib, havo tarkibini real vaqt rejimida tahlil qilish imkonini beradi.

Shulardan biri hozirda Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati atrofida ishlayapti. Laboratoriya havodagi zararli moddalar miqdorini o‘lchab, ifloslanish manbalari haqida tezkor ma’lumot taqdim qilmoqda.

Ekologiya qo‘mitasi tomonidan poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun maxsus shtab tashkil etilgani ham qayd etildi. Tegishli idoralar bilan hamkorlikda zarar manbalari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lumot uchun, havo sifatini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent issiqlik elektr markazida mazutdan butunlay voz kechilgani ham avval xabar qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Toshkentda havo sifati uchun kun-u-tun ishlaydigan laboratoriyalar joriy etildi