8 867
O‘zbekistonda paxta maydonlari qisqartirilib, kartoshka va sabzavotlarni etishtirish oshiriladi
Qonunchilik hujjatlarini baholash tizimi portalida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taqdim etildi.
Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirishda tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishni muttasil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik toza mahsulotni ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sektorining eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirib, ekin maydonlarini yanada maqbullashtirish, bo‘shab qolgan erlarga kartoshka, sabzavot, oziq-ovqat i moyli ekinlarni, shuningdek yangi intensiv bog‘ va uzumzorlarni joylashtirish ham nazarda tutilgan.
Shuningdek, qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega, kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan hayvonot turlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, fermer xo‘jaliklar, eng avvalo qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarayotgan, qayta tayyorlanayotgan, tayyorlash, saqlash, sotish, kurilish ishlari va xizmatlar ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotgan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish ham belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, unda qishloq xo‘jalik mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor mahsulotlar va tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini, shuningdek qadoqlash buyumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy yuqori texnologiyali uskunalar bilan jihozlangan, qayta ishlovchi yangi korxonalarni qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish yuzasidan investisiya loyihalarini amalga oshirish; qishloq xo‘jaligi mahsulotlarni saqlash, transportirovka qilish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy bozor xizmatlarni ko‘rsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish; sug‘oriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorativ va irrigasiya ob’ektlarning tarmog‘ini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo zamonaviy suv va resurslarni tejaydigan agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish; global iqlim o‘zgarishi va Orol dengizi qurib qolishining qishloq xo‘jaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni ko‘rish ham ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”