7 508
Shavkat Mirziyoyev: "375 ming bola va 80 mingga yaqin homilador ayol bepul vitamin va mineral komplekslari bilan ta’minlanadi"
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasining bir qator faollari bilan uchrashdi. Unda Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi, deb yozadi Kun.uz sayti.
"Sog‘liqni saqlash va aholi genofondini muhofaza qilish borasida jami 208 milliard so‘mlik 15 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 5 yoshgacha bo‘lgan 375 ming bola va 80 mingga yaqin homilador ayol bepul vitamin va mineral komplekslari bilan ta’minlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, ayollar va bolalar o‘rtasida kasallanishning oldini oladi.
70 mingga yaqin qariya har xil vitaminlar kompleksi bilan ta’minlanadi va ularni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish maqsadida tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. 3 mingdan ziyod kishiga maxsus tibbiy yordam ko‘rsatish ko‘zda tutilgan.
Tibbiy xizmat sifatini oshirish maqsadida 26ta tez yordam stansiyalarining moddiy texnika bazasini yanada yaxshilash va umumiy amaliyot shifokorlari uchun qishloq tibbiy punktlar, uy-joylar quriladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi