
O‘zbekistonning yirik shaharlarida havo sifati tabiiy omillar tufayli yana bir necha kun davomida yaxshilanmasligi mumkin. “O‘zgidromet”ning yangilangan ma’lumotlarida aytilishicha, inversiya jarayoni uzayayotgani bois ifloslanish darajasi noyabr yakunigacha deyarli o‘zgarmaydi.
Mutaxassislar fikricha, harorat inversiyasi, yog‘ingarchilikning yo‘qligi va qurg‘oqchilik ayni paytdagi havo muammolarining asosiy sababi bo‘lmoqda. Havo qatlamlari aralashmasligi tufayli PM2.5 kabi xavfli mayda zarrachalar atmosferada to‘planib qolmoqda. 23 noyabr kuni PM2.5 ko‘rsatkichi Toshkentda me’yordan uch barobar yuqori bo‘lgani qayd etilgan.
Agentlik bu holat mavsumiy ekanini va faqat kuchli shamol, havo massalarining almashishi yoki yog‘ingarchilikdan so‘ng yengillashishi mumkinligini ma’lum qildi. Ayni kunlarda esa havo sifati qisqa vaqt ichida ham keskin o‘zgarishi va ba’zi soatlarda xavfli darajaga chiqishi ehtimol qilinadi.
Mutasaddilar aholini ehtiyot choralariga amal qilishga chaqirdi: imkoni boricha ochiq havoda kamroq yurish, tashqi faoliyatni cheklash va tashqariga chiqilganda niqob taqib yurish tavsiya etildi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.