14:33 / 24.01.2017
8 354

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi

Qonun hujjatlarini baholash tizimi portaliga “Xalq bilan muloqot yili va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi loyihasi joylandi. U naqd va naqdsiz pul aylanmasi o‘rtasidagi farqlarni bartaraf etish choralarini nazarda tutadi. Bu haqda “Norma.uz”ga asoslanib “Kun.uz” yozmoqda.

Xususan, plastik kartalardan hamma erda foydalanish uchun qo‘shimcha qulayliklarni yaratish maqsadida to‘lov terminallarining ijara stavkalarini ikki barobar pasaytirish taklif etilmoqda. Bugungi kunda banklar tomonidan belgilangan ijara stavkasi oyiga 10 evroga teng.

Shu bilan birga, bir plastik kartadan boshqasiga mablag‘larni o‘tkazish uchun tariflarni pasaytirish rejalashtirilmoqda. Yangi normalarning asosiy maqsadi – fuqarolik aylanmasi ishtirokchilari uchun naqd va naqdsiz to‘lovlar o‘rtasidagi tafovutni bartaraf etishdir. Hozir bunday o‘tkazmalar uchun to‘lov tizimlari mablag‘ning miqdoridan 2 foiz olishmoqda.

Bundan tashqari, yakka tartibdagi tadbirkorlar, oilaviy korxonalar, dehqon xo‘jaliklari uchun plastik kartalardan ishlab chiqarish, savdo va boshqa ehtiyojlari uchun erkin foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

Naqd bilan to‘lash talablari hamda to‘lov usuliga bog‘liq holda narxlardagi farqlarni belgilashga (buning uchun chegirma taqdim qilish) yanada katta taqiq qo‘yiladi.

Shuningdek, banklar kredit kartalarni faolroq chiqara boshlashadi. Bugungi kunda plastik kartalarning aksariyati debet kartalardir. Ular faqat egasiga tegishli bo‘lgan va uning hisob varag‘iga oldindan o‘tkazilgan (qoidaga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan) mablag‘lardangina foydalanish imkoniyatini beradi. Kredit kartalar esa uning egasiga tovar va xizmatlarni keyinchalik qoplab berish bilan bankning hisobidan olishga yo‘l qo‘yadi. Shu tariqa, naqdsiz hisob-kitoblardan foydalanish uchun qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi omil yuzaga keladi.

Loyiha o‘zgartirilishi, qo‘shimchalar kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Naqd va naqdsiz hisob-kitoblar o‘rtasidagi farqlar bartaraf etiladi