
O‘zbekistonda kelayotgan dam olish kunlari havo yana bir oz sovushi kutilyapti. “O‘zgidromet”ning ma’lumot berishicha, harorat o‘rtacha 2–3 darajaga pasayadi.
Dam olish kunlari mamlakatning ko‘p hududlarida kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10–15 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda. Shimoliy hududlarda harorat yana pastroq: kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning ayrim tumanlarida qalin tuman kuzatilishi mumkin, ammo yog‘ingarchilik ehtimoli deyarli ko‘zda tutilmagan.
Poytaxt Toshkentda ham yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shanba va yakshanba kunlari kechasi 0–3 daraja iliq, kunduzi 11–14 daraja iliq bo‘lishi tahmin qilingan.
Mutaxassislar fikricha, mamlakat hududiga kirgan sovuq antitsiklon ta’siri 5-dekabrgacha saqlanishi mumkin. Bu davrda inversiya hodisalari uzoqroq davom etib, havoda chang, tutun va mayda zarrachalar miqdorining oshishi, shuningdek, quyuq tumanlar kuzatilishi ehtimoli yuqori.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.