
Toshkent shahri. 27 yanvar kuni poytaxtda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 8-10 daraja iliq bo‘ladi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2 daraja sovuq 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Ba’zi joylarda tuman tushishi mumkin. Havo harorati kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikamizning tog‘li hududlari. Havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda qor yog‘ib, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Havo harorati kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar