11:55 / 27.01.2017
6 741

Endi jamoat transportlarida Wi-Fi va kondisioner bo‘ladi

Endi jamoat transportlarida Wi-Fi va kondisioner bo‘ladi

Toshkent shahridagi metro bekatlariga yaqin joydagi avtobuslarning so‘nggi bekatlarini qayta tiklash mo‘ljallanyapti. Xususan, “Beruniy”, “Olmazor”, “Shahriston”, “Do‘stlik”, “Chorsu” va “Paxtakor” metro stansiyalari yaqinidagi avtobus bekatlari qayta tiklanishi kutilmoqda, deb xabar berdi Qalampir.uz sayti.

Bu yilda “Toshshahartransxizmat” kompaniyasi tizimidagi jamoat transportlari faoliyatida ko‘plab o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda. Yana bir yangilik yurtdoshlarimizga ma’qul kelishi aniq. Otabek Sodiqovning aytishicha, shu yil yoz faslida Toshkentda kondisionerli avtobuslar harakatlanishni boshlashi mumkin. “O‘zavtosanoat” va MAN Auto-Uzbekistan ishlab chiqarayotgan MAN avtobuslariga kondisionerlar o‘rnatilmoqda.

“Toshshahartransxizmat” kompaniyasi bu yilda ko‘p yo‘lovchi sig‘dira oladigan 70 ta avtobus va 140 ta Isuzu avtobuslarini sotib olishni rejalashtirgan.

Bundan tashqari, joriy yil o‘rtalariga kelib, Toshkent shahridagi avtobuslarga bepul internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Wi-Fi o‘rnatish mo‘ljallangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Endi jamoat transportlarida Wi-Fi va kondisioner bo‘ladi