
Kelasi yilda O‘zbekiston davlat byudjeti ham daromad, ham xarajatlar bo‘yicha sezilarli o‘sishga erishishi kutilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi taqdim etgan tahlillarda esa 2026-yil uchun asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar aks etgan.

Daromadlar: asosiy manbalar
2026-yilda byudjet daromadlari 368,9 trln so‘mga yetishi kutilmoqda (YAIMning 18,7 foizi). Joriy yil prognozi — 345,2 trln so‘m.
Daromadlarning katta qismi yana soliqlardan shakllanadi — 286 trln so‘mdan ortiq. Ularda ham:
• jismoniy shaxslar daromad solig‘i – 88,8 trln so‘m
• foyda solig‘i – 64,5 trln so‘m
• QQS tushumlari – 48,9 trln so‘m kabi yirik manbalar yetakchi bo‘lib turibdi.
Xarajatlar: eng katta ulush — ijtimoiy sohalarga
2026-yil xarajatlari 402,4 trln so‘mni tashkil etadi (YAIMning 20,4 foizi). 2025-yilga nisbatan o‘sish sezilarli.
• Ijtimoiy soha — 220 trln so‘m (jami xarajatlarning 54,7 foizi)
• Ta’lim — 100,3 trln so‘m
• Sog‘liqni saqlash — 48,9 trln so‘m Iqtisodiyotga 55 trln so‘m, davlat boshqaruviga 21 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Davlat qarziga xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham ortib, 25 trln so‘mni tashkil qiladi (joriy yilda 20 trln). Byudjet taqchilligini yopish uchun mamlakat 2,5 mlrd dollar tashqi qarz jalb qiladi.
Pensiya, subsidiya va imtiyozlar
Pensiya jamg‘armasi xarajatlari — 86 trln so‘m, shundan 23 trln so‘mi davlat tomonidan qoplanadi.
Subsidiyalar jami 28,3 trln so‘m, ulardan:
• energetika va transport zararini qoplash — 17 trln so‘m
• gaz bo‘yicha subsidiyalar — 5,9 trln
• issiqlik ta’minoti — 3,8 trln
Aholiga nafaqa va moddiy yordamlar uchun — 17 trln so‘m ajratiladi.
Yo‘llar, suv xo‘jaligi va davlat dasturlari
2026-yilda prezident va hukumat qarori bilan tasdiqlangan davlat dasturlariga 50,2 trln so‘m yo‘naltiriladi.
Qo‘shimcha yo‘nalishlar:
• suv xo‘jaligi — 10,4 trln
• “Tashabbusli byudjet” — 6 trln
• yo‘llarni saqlash — 6,7 trln
Shuningdek, ish haqi, pensiya va nafaqalarni qo‘shimcha oshirish uchun 6 trln so‘m sarflanadi.
Hududlar hissasi
2026-yilda mahalliy byudjet daromadlari 76 trln, xarajatlari 95,6 trln bo‘ladi. Taqchillikning 19,5 trln so‘mi markaziy byudjetdan qoplanadi.
• Eng katta daromad — Toshkent shahri (12,6 trln)
• Eng katta xarajat — Toshkent (12,9 trln)
• Eng kam ko‘rsatkichlar — Sirdaryo viloyati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.