date

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda

O‘zgidromet 8-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo holati bo‘yicha ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, ertadan boshlab mamlakat hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lib, yomg‘ir yog‘ish ehtimoli bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–5 daraja iliq, kunduzi 5–7 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi ehtimoli bor. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 5–10 daraja iliq.

Qashqadaryo viloyatida ba’zi hududlarda yomg‘ir kuzatiladi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi –2 daraja sovuqdan +3 daraja iliqqacha, kunduzi 6–11 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.

Toshkent va Namanganda qor ko‘chishi xavfi bor. Harorat kechasi 1–6 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelmoqda