date

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi

O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi

O‘zgidromet joriy yilning 10–12 dekabr kunlari kuzatilishi muumkin bo‘lgan kuchli yog‘ingarchilik va havo haroratidagi keskin o‘zgarishlar ortidan respublikadagi bir qator tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi borligini rasman ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, xavf asosan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (xususan, Chotqol tizmasining tog‘ qismi) hamda Namangan viloyatining Pop tumanida yuzaga kelishi mumkin. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu hududlarda yog‘ingarchilik miqdorining ortishi va haroratning tez o‘zgarishi tabiiy jarayonlarni faollashtirishi ehtimolini kuchaytirmoqda.

O‘zgidromet fuqarolar, ayniqsa tog‘li joylarda istiqomat qiluvchilar, dam oluvchi sayyohlar va yo‘llarda harakatlanuvchi haydovchilardan maksimal darajada ehtiyot bo‘lishni, xavfli ko‘chalarda o‘ta ehtiyotkorlik bilan yo‘l tanlashni, ob-havo ma’lumotlarini doimiy ravishda kuzatib borishni so‘ragan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish berdi