date

Perevalda tizza bo‘yi qor sababli vaqtincha yopilgan (video)

Perevalda tizza bo‘yi qor sababli vaqtincha yopilgan (video)

Pereval hududida kecha kechqurundan beri yog‘gan kuchli qor natijasida qor qaplami tizza bo‘yigacha yetgan. Aynan shu sababli hozirda harakat uchun juda xavfli sharoit yuzaga kelgan va PЕRЕVAL vaqtincha to‘liq yopilgani ma’lum qilindi. Uning qachon ochilishi hozircha aniq emas.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, birinchi navbatda insonlar hayoti va xavfsizligi ustuvor hisoblanadi. Hozirgi vaqtda maxsus texnikalar jalb etilgan holda yo‘llarni qordan tozalash, muzlamalarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Fuqarolarga hozircha yo‘lga chiqmaslik, vaqtni bekor o‘tkazmasdan rasmiy ma’lumotlarni kuzatib borish tavsiya etilmoqda. Pereval hozircha yopiq — ehtiyot bo‘ling!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Perevalda tizza bo‘yi qor sababli vaqtincha yopilgan (video)