date

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshganlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 100 yoshdan oshganlar soni ma’lum qilindi

2025 yil 1 dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 100 yoshdan oshgan va pensiya olayotgan fuqarolarning soni 461 nafarga yetdi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi ma’lumot tarqatdi. Ularning 131 nafari erkak, 330 nafari ayollardan tashkil topgan.

Statistikaga ko‘ra, eng ko‘p 100 yoshdan yuqori yoshga ega pensiya oluvchilar Qashqadaryo (73 nafar), Surxondaryo (69 nafar) va Toshkent viloyatlarida (41 nafar) yashashadi. Namangan viloyati esa eng kam ko‘rsatkichga ega bo‘lib, bu hududda faqat 11 nafar 100 yoshdan katta fuqaro yashamoqda.

Mutasaddilar ta’kidlashicha, yuqori yoshdagi pensiya oluvchilarning ijtimoiy himoyasi va salomatligi doimiy monitoringda bo‘lib, ularga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda 100 yoshdan oshganlar soni ma’lum qilindi