O‘zbek olimi 3 kilogrammlik limon etishtirdi


O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Polimerlar kimyosi va fizikasi ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi Muhammadaziz Faxriddinov yaratgan yangi limon navi taxminan uch kilogramm keladi.
– Markazimiz ilmiy jamoasi yaratgan «o‘zxitan» preparati bu borada qo‘l keldi, – deydi M.Faxriddinov. – Yashil qalamchalardan ko‘chat tayyorlashda unga shu modda bilan ishlov berildi. Ko‘chatda tashqi ta’sirlarga, turli kasalliklarga qarshi immunitet paydo bo‘ldi. Ildiz chiqishi uchun avvallari 60 kun talab etilgan bo‘lsa, endi u teng baravarga qisqardi. Mazkur ko‘chatlar ikki yil issiqxona sharoitida etilgach, ochiq maydonda ekildi. Uch yil ehtiyotlab parvarish qilinsa, ko‘chatning quvvati oshgani sayin uning tashqi ta’sirga chidamliligi oshib boradi.






























Izohlar 0
…