Vazirlikda ishlamoqchimisiz, marhamat!


O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishni strategik rejalashtirish va axborot texnologiyalarining konvergensiyasi bo‘limiga hamda tizimidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining Strategik rejalashtirish va prognozlash departamentiga mutaxassislarni ishga taklif etadi, deb xabar beradi vodiymedia.uz.
Nomzodga belgilangan asosiy talablar:
- axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, iqtisodiyot, menejment, moliya yoki boshqaruv sohasida oliy ma’lumotga ega bo‘lishi;
- bo‘lim boshlig‘i lavozimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, menejment, iqtisod sohalarida kamida 5 yil, bosh mutaxassis lavozimiga kamida 3 yil, yetakchi mutaxassis lavozimiga kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lishi;
- bo‘lim boshliqlari lavozimlariga ma’muriy va korporativ boshqaruvida bilim, tushuncha va amaliy tajribaga ega bo‘lishi;
- mutaxassis lavozimlariga innovasion takliflarni kiritish hamda kreativ fikrlaydigan sifatlarga ega bo‘lishi;
nomzodlarning chet tillarini bilishi qo‘llab-quvvatlanadi, deb e’lon beradi vazirlik axborot xizmati.































Izohlar 0
…