12:11 / 10.02.2017
7 923

Mirziyoyev: Milisiya xodimlarining o‘zi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qaerga borsin?

Mirziyoyev: Milisiya xodimlarining o‘zi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qaerga borsin?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Sof.uz" xabar qildi.

O‘zbekiston prezidenti keyingi vaqtlarda huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning haq-huquqlarini himoya qilish, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash borasidagi ishlar yangi bosqichga ko‘tarilganini qayd etdi.

"Ichki ishlar organlari shunday ishlashi kerakki, toki xalq davlatdan rozi bo‘lsin. Lekin ayrim joylarda ularning faoliyati odamlar e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa mol-mulkka jinoiy tajovuz kabi salbiy holatlarga to‘liq chek qo‘yilmagan. Qasddan tan jarohati etkazish, firibgarlik, yo‘l-transport hodisalari kamaymagan. Ichki ishlar xodimlarining o‘zlari qonunni buzib tursa, oddiy xalq qaerga borsin?", — dedi Mirziyoyev.

O‘zbekiston rahbari jinoyatlarni ochish borasida ham qator kamchiliklar mavjudligini ta’kidladi. Xususan, o‘g‘irlik va firibgarlik bilan bog‘liq jinoyatlarning har beshtadan bittasi fosh etilmagan.

Jinoyat-qidiruv faoliyatida jiddiy nuqsonlar uchramoqda, ayrim joylarda huquqni muhofaza qilish idoralari o‘rtasidagi hamkorlik talab darajasida emas. Qidiruvda yurgan aksariyat shaxslarning qo‘lga olinmayotgani ularga jinoiy qilmishlarini davom ettirishga imkon beradi va bu g‘oyat tashvishli holdir.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Mirziyoyev: Milisiya xodimlarining o‘zi qonunni buzib tursa, oddiy odamlar qaerga borsin?