Andijon viloyati Baliqchi tumanining jinoyat ishlari bo‘yicha sudi Andijon viloyati IIB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektori, kichik serjantni 10 yilga ozodlikdan mahrum etdi. Bu haqda Kun nashri yozmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, Bunyodbek Qulmatov ismli inspektor o‘z xizmati vazifasini bajarayotgan chog‘da “Lasseti” rusumli avtomashinada yo‘l harakati talablariga javob bermay, tezlikni oshirgan hamda qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib “Neksiya” rusumli mashina bilan yuzma-yuz to‘qnashgan.
Hodisa oqibatida “Neksiya” haydovchisi – Marg‘ilon shahridan bo‘lgan I.Mirzajonov va Namangan viloyatining Norin tumanilik Yo.Salimov vafot etgan.
Sud hukmi bilan Bunyodbek Qulmatov O‘zbekiston Respublikasi JKning 266 moddasi uchinchi qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi