
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 fevral kuni ichki ishlar organlari faoliyati, tizimda mavjud muammo va kamchiliklar, istiqboldagi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar berilgan edi.
Yig‘ilishda o‘z ish faoliyatida jiddiy xato va nuqsonlarga yo‘l qo‘ygani uchun Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Dilshod Bobojonov va Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Aziz Boboxo‘jaev egallab turgan lavozimiga noloyiq deb topildi hamda ishdan olindi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.
Biroz avvalroq IIV Transportdagi ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Ramziddin G‘afforov ishdan ketgani haqida xabar bergandik.
Ularning o‘rniga kim tayinlangani hozircha noma’lum. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar