date

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan havo kutilmoqda

Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan havo kutilmoqda

O‘zgidromet 25 dekabr uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Unga ko‘ra, payshanba kuni mamlakat hududlarida havo harorati nisbatan ko‘tarilib, qishga xos yumshoq ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3–8 metr tezlikda shamol esadi. Harorat kechasi 0–2 daraja iliq, kunduzi esa 10–12 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istonda ayrim joylarda yomg‘ir yoki qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 0–5 daraja iliq bo‘ladi. Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi 2–7 daraja iliq havo saqlanadi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ob-havo barqaror, ayrim hududlarda tuman ehtimoli bor. Kunduzgi harorat 7–12 daraja iliqqa yetadi. Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida esa kunduzi 8–13 daraja iliq havo kuzatiladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi harorat 8–13 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa kunduzi 3–8 daraja iliq havo saqlanadi.

Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik bo‘lmaydi, ammo shamol ayrim joylarda kuchayishi mumkin. Kunduzi harorat 3–8 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Mutaxassislar havoning nisbatan iliqlashishi fondida atmosfera inversiyasi kuchayib, PM2,5 va PM10 zarrachalari pastki qatlamlarda to‘planishi mumkinligini qayd etmoqda. Bu holat hafta oxirigacha saqlanib qolishi ehtimoldan xoli emas.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ertaga O‘zbekiston bo‘ylab o‘zgaruvchan havo kutilmoqda