
fevral kuni xalq deputatlari Past Darg‘om tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda "Sputnik" nashri.
Nashrda ma’lumot berilishicha, sessiyada tashkiliy masala ko‘rilgan.
Vohid Rahimov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan Past Darg‘om tumani hokimi vazifasidan ozod etilgan.
Samarqand viloyati hokimi Oqbo‘taev tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari — o‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Ergashev Sobir Fayzullaevich Past Darg‘om tumani hokimi etib tasdiqlangan.
"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 2-moddasiga binoan Ergashev Sobir Fayzullaevich Samarqand viloyati Past Darg‘om tumaniga hokim etib tayinlansin", — deyilgan Samarqand viloyati hokimi imzolagan qaror matnida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar