
26 dekabr kuni kechqurun Qirg‘iziston hududida qayd etilgan yer silkinishi O‘zbekistonda ham sezildi. Bu haqda Respublika Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila soat 21:17 da sodir bo‘lgan. Yer qimirlash epitsentri Qirg‘izistonning Botken viloyatida joylashib, Toshkentdan taxminan 277 kilometr janubi-sharqda qayd etilgan. Zilzilaning magnitudasi 3,2 ni, chuqurligi esa 10 kilometrni tashkil etgan.
Mutaxassislar qayd etishicha, O‘zbekiston hududida zilzila kuchsiz darajada sezilgan. Xususan, Farg‘ona tumanida yer silkinishi 2 ball atrofida kuzatilgan.
Ayni paytga qadar zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchilik haqida ma’lumot yo‘q. Mutaxassislar vaziyat nazorat ostida ekanini ta’kidlamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.