date

Uzbekistan Airwaysning ikki reysi Urganchga qo'na olmadi

Uzbekistan Airwaysning ikki reysi Urganchga qo'na olmadi

Uzbekistan Airwaysning Urganchga yo'l olgan ikki yo'lovchi reysi belgilangan manzilga qo'na olmay, Buxoro zaxira aeroportiga yo'naltirildi. Bunga Urganch aeroportidagi noqulay ob-havo sharoiti sabab bo'ldi. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Gap Moskva (VKO) – Urganch (UGC) yo'nalishidagi HY9616 hamda Sankt-Peterburg (LED) – Urganch (UGC) yo'nalishidagi HY9638 reyslari haqida ketmoqda. Har ikkala parvoz ham Airbus A320-251NEO samolyotlarida amalga oshirilgan.

Telegramdagi “Toshkent osmoni yangiliklari” kanaliga ko'ra, ekipajlar parvoz xavfsizligini ta'minlash maqsadida Buxoro xalqaro aeroportiga qo'nish haqida qaror qabul qilgan. Urganchda o'ta sovuq tuman kuzatilgani va ko'rinish masofasi 100 metrgacha qisqargani aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Uzbekistan Airwaysning ikki reysi Urganchga qo'na olmadi