
Soliq qo'mitasi matbuot xizmati xabariga ko'ra, O'zbekistonda soliq hisobotlarini avtomatlashtirish jarayoni davom etmoqda. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Ma'lumotlarga qaraganda, 2026 yil 1 yanvardan boshlab avtomatik tarzda tuziladigan soliq hisobotlari soni oshiriladi. Ro'yxatga besh turdagi hisobot kiritildi: mol-mulk solig'i, yer solig'i, qo'shilgan qiymat solig'i, aylanmadan olinadigan soliq hamda jismoniy shaxslar daromad solig'i va ijtimoiy soliq.
Shu bilan birga, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlarga avtomatik hisobotlarga o'zgartirish kiritish huquqi beriladi. Biroq tuzatishlar kiritish muddati 5 ish kunidan oshmasligi belgilangan, hisob qaysi sanadan boshlanishi esa aniq ko'rsatilmagan.
Agar belgilangan muddat ichida hisobotga o'zgartirish yoki aniqlashtirish kiritilmasa, soliq organlari tomonidan avtomatik shakllantirilgan hisobot xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan qabul qilingan va soliq idoralariga topshirilgan hisoblanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.