14 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «Yo‘l xo‘jaligini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e’lon qilindi, deb yozadi Kun nashri.
Farmon avtomobil yo‘llari va sun’iy inshootlarni loyihalashtirish, qurish va foydalanish jarayoniga kompleks yondashish asosida yo‘l xo‘jaligini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, ularni moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, loyihalashtirish va yo‘l-qurilish ishlari sifatini oshirish imkonini beradigan to‘laqonli buyurtmachi xizmatini yaratish maqsadida qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, «O‘zavtoyo‘l» DAK (davlat-aksiyadorlik kompaniyasi) tugatiladi. Ushbu avtomobil yo‘llari qurish va foydalanish davlat-aksiyadorlik kompaniyasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi tashkil etiladi.
«O‘zavtoyo‘l» DAK O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidentining 2003 yil 19 avgustdagi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 avgustdagi 361-sonli qarori asosida tashkil qilingandi.
Ushbu kompaniya tashkiliy boshqaruv tuzilmasi asosan mamlakatdagi avtomobil yo‘llarining barcha tarmoqlari ehtiyojlarini to‘la ravishda qoplashni ta’minlashga qaratilgandi. Shunga ko‘ra, avtomobil yo‘llari yagona tarmog‘idagi transport vositalarini uzluksiz va to‘liq ta’minlash vazifasi ham shu faoliyat doirasida bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi