
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 14 fevral kuni imzolangan farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasi huzurida Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi tashkil etiladi. Bu haqda «UzA»ga asoslanib «Daryo» xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari etib:
- yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yo‘l qurilishi ishlarida, yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni ishlab chiqarishda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- qurilishi tugallangan yo‘l ob’ektlarini foydalanishga qabul qilish bo‘yicha komissiyalar ishida qatnashish;
- yo‘l qurilishi yuzasidan shaharsozlik qonunchiligiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilishni tashkil etish borasida texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarni takomillashtirishga doir takliflar kiritish va unda ishtirok etish;
- yo‘l-qurilish materiallari, mahsulotlar va konstruksiyalarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish ishlarini olib borish kabilar belgilangan.
Prezident farmoni bilan Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida hukumat qarorini qabul qilish haqida ko‘rsatma berilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar