date

O‘zbekistonda Qutqaruvchilar kunini rasman belgilash ko‘zda tutilmoqda

O‘zbekistonda Qutqaruvchilar kunini rasman belgilash ko‘zda tutilmoqda

Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) O‘zbekistonda Qutqaruvchilar kunini belgilashga doir qonun loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha o‘tgan yillar davomida sohaning rivoji va tarixini tahlil qilish, shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining sohani tubdan takomillashtirishga qaratilgan Farmon va qarorlari qabul qilingan kunni e’tiborga olib, 20 oktyabrni «O‘zbekiston Qutqaruvchilar kuni» deb belgilashni maqsad qilgan.

Qonun loyihasining asosiy maqsadi qutqaruvchi kasbining ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ushbu sohadagi malakali xodimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bu qonun qabul qilinsa, mamlakatimizda har yil 20 oktyabrda «Qutqaruvchilar kuni» rasman nishonlanadi. Mazkur bayram iqtisodiyot obyektlaridagi shtatdagi va shtatdan tashqari tuzilgan qutqaruv tuzilmalari xodimlari, shuningdek, qutqaruvchi — volontyorlar tomonidan ham bayram sifatida nishonlanishi yo‘lga qo‘yiladi.

Ma’lumot uchun, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Belorus, Ukraina, Armaniston va Koreya Respublikalarida ushbu kasbga maxsus e’tibor qaratilib, davlat miqiyosida «Qutqaruvchilar kuni»ni kasb bayrami sifatida nishonlash joriy qilingan. Shuningdek, xalqaro hamjamiyat tomonidan 1989 yilda BMT tomonidan oktyabr oyining ikkinchi chorshanbasi, 2017 yilda esa 13 oktyabr «Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni» deb belgilangan.

Shu tariqa, O‘zbekistonda ham ushbu qonun qabul qilinsa, qutqaruvchilarning kasbiga bo‘lgan e’tibor yanada oshadi va ularning ahamiyatiga katta hurmat ko‘rsatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda Qutqaruvchilar kunini rasman belgilash ko‘zda tutilmoqda