date

O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov start oladi

O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov start oladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” nomli yangi tashabbus amalga oshiriladi.

Mazkur loyiha doirasida har yili sun’iy intellekt sohasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilar o‘rtasida milliy miqyosda tanlov tashkil etiladi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha rag‘batlantiriladi:

— 100 nafar o‘qituvchiga — 1 000 AQSH dollari miqdorida pul mukofoti;

— 10 nafar o‘qituvchiga — xorijiy davlatlarga sayohat uchun yo‘llanma;

— 500 nafar yosh ishtirokchiga — noutbuk;

— 500 nafar yoshlarga — qimmatbaho esdalik sovg‘alari;

— 3 ta oliy ta’lim muassasasiga — pul mukofoti;

— 2 ta umumta’lim maktabiga — “Prezident sovg‘asi” sifatida elektromobil.

Shuningdek, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlar uchun qator imkoniyatlar yaratiladi. Xususan, IT, startaplarni boshqarish hamda xorijiy tillar bo‘yicha bepul ta’lim olish, shuningdek, xalqaro IT-sertifikatlar uchun bepul tayyorlov kurslarida qatnashish imkoniyati taqdim etiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda sun’iy intellekt bo‘yicha milliy tanlov start oladi