O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuniga binoan yaroqlilik (saqlash) muddatida tovar foydalanishga yaroqli bo‘lishi va u tamom bo‘lgach, tovar odamlar hayoti hamda sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etilgan. Amaldagi tartiblarga muvofiq. yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasi ko‘rsatilmagan dori-darmon, oziq-ovqat va maishiy kimyo vositalarining realizasiya qilinishi man etiladi.
Shuningdek, iste’mol muddati tugashiga 60 kundan kam qolgan tovarlar bojxona omboriga joylashtirilmaydi.
Toshkentdagi “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari temir yo‘l konteynerlaridan birini o‘rtnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganda bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmatiga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.
Bojxona ko‘rigi davomida ma’lum bo‘lishicha, konteynerlardan birining ichidagi 20 tonnadan ortiq yuklar Latviyadan Toshkentda faoliyat yurituvchi ma’suliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan bo‘lib, ular orasidagi salkam 5 tonnayu 800 kg. shokolad va saqichlarning iste’mol muddati deyarli 3 yil avval o‘tib bo‘lgan. 830 kg.dan ortiq kartoshka chipslarining iste’mol muddatiga esa atigi 1 oy qolgan, xolos.
Qolaversa, Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 13 maydagi "O‘zbekiston Respublikasiga iste’mol tovarlari olib kirishni takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 127-sonli qaroriga muvofiq respublikaga olib kiriladigan oziq-ovqat tovarlarini belgilangan tartibda davlat tilida markirovka qilishga doir talablarga ham umuman rioya qilinmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi