Ijtimoiy tarmoqlarda bugundan O‘zbekistonda 10 000 so‘mlik banknot muomalaga chiqarilishi haqida muhokamalar boshlandi, deb yozadi Sof.uz sayti.
Shuningdek, internetda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati kengashining "O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 10000 so‘mlik banknotalarning chiqarilishi to‘g‘risida"gi qarori nusxasi tarqalmoqda. Ushbu qarorga Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev imzo chekkan, deb yozadi Kun nashri.
Qarorda banknot qachondan chiqarilishi haqida ma’lumot yo‘q.
Manbalarning bildirilishicha, banknot qizil rangda bo‘ladi.
Qayd etish joizki, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu yangilikni ma’qullashmoqda.
"20.000, 50.000 va 100.000 so‘mliklarniyam birato‘la chiqarvorib, hammayoqda bankomatlar o‘rnatish kerak. Faqat, yagona sharti - bankomatlarni o‘ravoladiganlarni yo‘q qilish kerak"", deya fikr bildirgan tarmoq foydalanuvchilaridan biri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi