18:53 / 22.02.2017
10 359

O‘zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi

O‘zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi

O‘zbekistonda 2018 yilda UzReport World nomli yangi xalqaro telekanal faoliyat boshlashi rejalashtirilgan. Bu telekanal efirida bir necha tillarda dasturlar beriladi, deb yozadi Kun nashri.

Hukumatdagi manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi telekanal UzReport TV telekanali tahririyati bazasida tashkil etiladi.

Kanal faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida O‘zbekiston tarixi, olim va ulamolar faoliyati, milliy an’ana hamda qadriyatlarni yoritish uchun hujjatli filmlar ishlaydigan xorijlik prodyuserlarni jalb etish ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, shu yo‘nalishdagi National Geographic, Discovery, Viasat History kabi etakchi telekanallar bilan hamkorlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.

Bu loyihalar UzReport axborot agentligining o‘z mablag‘lari va investorlar kiritgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekistonda xorijiy tillardagi yangi telekanal ochiladi